Sura Ibrahim (Ibrohim — إبراهيم) (Oyat 18)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




14 Ibrahim(إبراهيم), Oyat 18

مَثَلُ الَّذِينَ كَفَرُوا بِرَبِّهِمْ ۖ أَعْمَالُهُمْ كَرَمَادٍ اشْتَدَّتْ بِهِ الرِّيحُ فِي يَوْمٍ عَاصِفٍ ۖ لَا يَقْدِرُونَ مِمَّا كَسَبُوا عَلَىٰ شَيْءٍ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ الضَّلَالُ الْبَعِيدُ 18 ١٨

Robbilariga kufr keltirganlarning amallarining misoli, xuddi bo`ronli kunda shamol uchirib ketgan kulga o`xshaydir. Ular o`z kasblaridan biror narsaga ega bo`lmaslar. Ana o`sha uzoq adashuvning o`zidir. (18)

Tafsir
Kofirlarning sadaqa, ehson, zaifga rahm qilish kabi yaxshi amallari kulga oʻxshaydi. Bir qattiq shamol esib qolsa, hammasini uchirib ketadi, ulardan asar ham qolmaydi. Kofirlarning amallari ham shunday. Qiyomat kuni asqotmaydi, ulardan foyda boʻlmaydi. Zero, iymonga asoslanmasdan ish qilish haq yoʻldan uzoqlarga adashib ketib qolishdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin