Sura Ibrahim (Ibrohim — إبراهيم) (Oyat 1)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




14 Ibrahim(إبراهيم), Oyat 1

الر ۚ كِتَابٌ أَنْزَلْنَاهُ إِلَيْكَ لِتُخْرِجَ النَّاسَ مِنَ الظُّلُمَاتِ إِلَى النُّورِ بِإِذْنِ رَبِّهِمْ إِلَىٰ صِرَاطِ الْعَزِيزِ الْحَمِيدِ 1 ١

Alif. Laam. Ro. Bu kitobni senga odamlarni Robbilarining izni ila zulmatlardan nurga, aziyz va maqtalgan Zotning yo`liga chiqarishing uchun nozil qildik. (1)

Tafsir
Alif, Lom, Ro. Bu kabi harflar haqida "Baqara" surasining boshida aytib oʻtdik. Ey Paygʻambar, sizga bu kitobni Allohning irodasi ila odamlarni kufr, jaholat va zalolatdan iymon, marifat va hidoyat - Islom dini sari olib chiqishingiz uchun nozil qildik. Islom dini hammadan gʻolib va har bir ishi maqtovga loyiq Zot boʻlmish Allohning yoʻlidir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin