Sura Ibrahim (Ibrohim — إبراهيم) (Oyat 23)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




14 Ibrahim(إبراهيم), Oyat 23

وَأُدْخِلَ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِنْ تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا بِإِذْنِ رَبِّهِمْ ۖ تَحِيَّتُهُمْ فِيهَا سَلَامٌ 23 ٢٣

Va iymon keltirib, amali solih qilganlar ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritildi. Unda Robbilari izni ila abadiy qolurlar. Ularning undagi so`rashishlari «Salom»dir. (23)

Tafsir
Zolimlarning oqibatiga zid oʻlaroq, iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilgan moʻminlar qasrlari va daraxtlari ostidan anhorlar oqib oʻtadigan jannatlarga kiritilib, Parvardigorlarining izni ila u yerlarda mangu qoladilar. Bir-birlari bilan salomlashadilar, farishtalar ularga salom beradi, Parvardigorlari ham salom beradi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin