Sura Ibrahim (Ibrohim — إبراهيم) (Oyat 28)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




14 Ibrahim(إبراهيم), Oyat 28

أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ بَدَّلُوا نِعْمَتَ اللَّهِ كُفْرًا وَأَحَلُّوا قَوْمَهُمْ دَارَ الْبَوَارِ 28 ٢٨

Allohning ne'matini kufrga almashtirgan va qavmlarini halokat diyoriga tushirganlarni ko`rmadingmi? (28)

Tafsir
Quraysh ichidagi Allohga va Paygʻambariga kufr keltirib, Allohning ularga ato etgan Haramdagi tinchlik-omonlik nematini, Muhammad alayhissalomdek zotning paygʻambar boʻlib kelish nematini kufrga almashtirib yuborgan va shu ishi bilan oʻz tobelarini halokat chohiga qulatgan kimsalarni koʻrib turibsiz-ku.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin