Sura Ibrahim (Ibrohim — إبراهيم) (Oyat 3)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




14 Ibrahim(إبراهيم), Oyat 3

الَّذِينَ يَسْتَحِبُّونَ الْحَيَاةَ الدُّنْيَا عَلَى الْآخِرَةِ وَيَصُدُّونَ عَنْ سَبِيلِ اللَّهِ وَيَبْغُونَهَا عِوَجًا ۚ أُولَٰئِكَ فِي ضَلَالٍ بَعِيدٍ 3 ٣

Ular bu dunyo hayotini oxiratdan afzal ko`radiganlar, Allohning yo`lidan to`sadiganlar va u(yo`l)ning egri bo`lishini xohlaydiganlardir. Ana o`shalar yiroq adashuvdadirlar. (3)

Tafsir
Kofirlar dunyo hayoti va undagi oʻtkinchi nematlarni oxirat va undagi abadiy nematlardan afzal koʻradilar. Odamlarni Allohning yoʻlidan toʻsadilar. Odamlar unga ergashib ketib qolmasin, deya uni haqdan burib yuborishga, boʻyab koʻrsatishga urinadilar. Bunday kimsalar haq va toʻgʻrilikdan ancha uzoqlab ketgan zalolatdagi badbaxtlardir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin