Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Bu (Qur'on) odamlar uchun, ularning u ila ogohlantirilishlari, U yagona iloh ekanini bilishlari va aql egalari eslashlari uchun bayonotdir. (52)
Tafsir
Muhammad alayhissalomga nozil qilingan bu Quron Alloh tarafidan insonlarga yetkazilgan bir bildirishdir. Toki, ular qoʻrqinchli, ogʻir oqibatlardan ogohlantirilsinlar, chin mabud yolgʻiz Alloh ekanini bilib olsinlar, Ungagina ibodat qilsinlar, Unga hech narsani sherik qilmasinlar hamda sogʻlom aqli borlar ibrat olsinlar. Zero, sogʻlom aqli borlargina ibrat ola biladilar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: