Sura Al-Jathiyah (Tizzalovchilar — الجاثية) (Oyat 24)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




45 Al-Jathiyah(الجاثية), Oyat 24

وَقَالُوا مَا هِيَ إِلَّا حَيَاتُنَا الدُّنْيَا نَمُوتُ وَنَحْيَا وَمَا يُهْلِكُنَا إِلَّا الدَّهْرُ ۚ وَمَا لَهُمْ بِذَٰلِكَ مِنْ عِلْمٍ ۖ إِنْ هُمْ إِلَّا يَظُنُّونَ 24 ٢٤

Ular: «U (hayot) faqat bu dunyodagi hayotimizdir. O`lamiz, tirilamiz, bizni faqat zamon halok qiladi», derlar. Ularning bu haqda ilmlari yo`q. Ular faqat gumon qiladilar, xolos. (24)

Tafsir
Qayta tirilishni inkor qiladigan kofirlar shunday deydilar: "Shu dunyodagi hayotimizdan boshqa hayot yoʻq. Bir avlod oʻlib, boshqasi tugʻilib, hayot shu taxlit davom etaveradi. Bizni faqat vaqt oʻtishi, kecha va kunduzning almashinib turishi oʻldiradi, xolos". Lekin ularda qayta tirilishni inkor qilishga ilmiy asos yoʻq. Ular faqat gumon-taxmin qiladilar, xolos. Gumon esa hargiz haqiqatning oʻrnini bosa olmas.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin