Sura Ibrahim (Ibrohim — إبراهيم) (Oyat 5)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




14 Ibrahim(إبراهيم), Oyat 5

وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا مُوسَىٰ بِآيَاتِنَا أَنْ أَخْرِجْ قَوْمَكَ مِنَ الظُّلُمَاتِ إِلَى النُّورِ وَذَكِّرْهُمْ بِأَيَّامِ اللَّهِ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَآيَاتٍ لِكُلِّ صَبَّارٍ شَكُورٍ 5 ٥

Batahqiq, Biz Musoni oyatlarimiz ila: «Qavmingni zulmatlardan nurga chiqar va ularga Allohning kunlarini eslat! Albatta, bunda har bir sabrli va shukrli uchun ibratlar bordir», deb yubordik. (5)

Tafsir
Biz Musoni paygʻambar qilib yubordik. Haq ekaniga, Parvardigori tarafidan yuborilgan paygʻambar ekaniga dalolat qiluvchi oyatlar bilan uni qoʻllab-quvvatladik. Unga qavmini kufru jaholatdan iymonu marifatga olib chiqishni hamda odamlarga Alloh nematlar ato etgan kunlarni eslatishni amr etdik. Oʻsha kunlarda Allohning yagona haq iloh ekaniga, kuch-qudrati buyukligiga, moʻminlarga naqadar behisob nematlar ato etganiga ochiq dalolatlar bor. Bu dalolatlarni Allohga itoat qilish yoʻlidagi mashaqqatlarga sabr qiladigan va U Zot ato etgan nematlarga shukr etadigan kishilargina ilgʻay oladilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin