Sura Ibrahim (Ibrohim — إبراهيم) (Oyat 6)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




14 Ibrahim(إبراهيم), Oyat 6

وَإِذْ قَالَ مُوسَىٰ لِقَوْمِهِ اذْكُرُوا نِعْمَةَ اللَّهِ عَلَيْكُمْ إِذْ أَنْجَاكُمْ مِنْ آلِ فِرْعَوْنَ يَسُومُونَكُمْ سُوءَ الْعَذَابِ وَيُذَبِّحُونَ أَبْنَاءَكُمْ وَيَسْتَحْيُونَ نِسَاءَكُمْ ۚ وَفِي ذَٰلِكُمْ بَلَاءٌ مِنْ رَبِّكُمْ عَظِيمٌ 6 ٦

O`shanda Muso qavmiga: «Allohning sizga bergan ne'matlarini eslang: U sizni Oli Fir'avndan qutqardi. Ular sizga bardavom yomon azob berardilar. O`g`illaringizni so`yib tashlab, qizlaringizni tirik qoldirardilar. Ana o`shanda Robbingizdan buyuk sinov bordir», degan edi. (6)

Tafsir
Ey Paygʻambar, eslang! Muso Parvardigorining buyrugʻini bajarib, oʻzining qavmi Bani Isroilga Allohning nematlarini eslatib, shunday degandi: "Ey qavm, Allohning sizlarga ato etgan nematlarini eslangiz. Sizlarni Firavn odamlaridan qutqardi, ularning zoʻravonligidan asradi. Ular sizlarga juda yomon azob berayotgandi. Firavnning podshohligini egallaydigan biron bola ulgʻaymasligi uchun oʻgʻillaringizni soʻyib yuborayotgandi. Ayollaringizni esa xorlash va tahqirlash maqsadida tirik qoldirayotgandi. Bu ishda sizlar uchun Parvardigoringiz tarafidan buyuk bir sinov bor edi. Unga sabr qilganingiz uchun Alloh sizlarga najot berdi".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin