Sura Al-Hijr (Hijr — الحجر) (Oyat 22)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




15 Al-Hijr(الحجر), Oyat 22

وَأَرْسَلْنَا الرِّيَاحَ لَوَاقِحَ فَأَنْزَلْنَا مِنَ السَّمَاءِ مَاءً فَأَسْقَيْنَاكُمُوهُ وَمَا أَنْتُمْ لَهُ بِخَازِنِينَ 22 ٢٢

Biz shamollarni urchituvchilar etib yubordik. Bas, osmondan suv tushirib, u ila sizlarni serob qildik. Sizlar uni to`plab oluvchi emassiz. (22)

Tafsir
Shamollarni bulutlarni urchitadigan qilib yubordik. Urchitilgan bulutlardan yomgʻir yogʻdirib, sizlarni sugʻordik. Ey odamlar, sizlar u suvlarni buloqlar yoki quduqlarda toʻplab olishingiz shart emas. Allohning Oʻzi uni sizlarga toʻplab beradi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin