Sura Al-Hijr (Hijr — الحجر) (Oyat 3)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




15 Al-Hijr(الحجر), Oyat 3

ذَرْهُمْ يَأْكُلُوا وَيَتَمَتَّعُوا وَيُلْهِهِمُ الْأَمَلُ ۖ فَسَوْفَ يَعْلَمُونَ 3 ٣

Ularni tek qo`y, yeb-ichib, huzurlanib, umidlar ila mashg`ul bo`lib yuraversinlar. Bas, tezda bilurlar. (3)

Tafsir
Ey Paygʻambar, anavi haqni tan olmayotganlarni tek qoʻyavering. Hayvonlar kabi yeb-ichib, dunyo lazzatlaridan huzur qilib, orzu-havaslarga berilib, iymon va solih amaldan begonalashib yuraversinlar. Yaqinda Qiyomat kuni Allohga roʻbaroʻ kelganlarida bu ishlari bilan naqadar katta zarar koʻrganlarini bilib oladilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin