Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Sen uni ruhul qudus Robbingdan iymon keltirganlarni sobitqadam qilish uchun va musulmonlarga hidoyat va xushxabar etib haq ila tushirganini ayt. (102)
Tafsir
Ey Paygʻambar, ularga ayting: "Bu Quronni Jabroil alayhissalom Alloh taolo tarafidan haq bilan nozil qildi. Unda zarracha xato, oʻzgarish yoʻq. Toki, moʻminlar oyatlarning nasx qilinganiga ham, qilinmaganiga ham bir xil iymon keltiradigan sobitqadam boʻlsinlar hamda Quron ularni haq yoʻlga boshlaydigan hidoyat va musulmonlar uchun oxiratda oladigan ajru savoblari haqidagi xushxabar boʻlsin".
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: