Sura An-Nahl (Asalarilar — النحل) (Oyat 106)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




16 An-Nahl(النحل), Oyat 106

مَنْ كَفَرَ بِاللَّهِ مِنْ بَعْدِ إِيمَانِهِ إِلَّا مَنْ أُكْرِهَ وَقَلْبُهُ مُطْمَئِنٌّ بِالْإِيمَانِ وَلَٰكِنْ مَنْ شَرَحَ بِالْكُفْرِ صَدْرًا فَعَلَيْهِمْ غَضَبٌ مِنَ اللَّهِ وَلَهُمْ عَذَابٌ عَظِيمٌ 106 ١٠٦

Kim iymondan so`ng Allohga kufr keltirsa, — qalbi iymon ila orom topa turib zo`rlanganlar bundan mustasno — kim ko`ksini kufrga ochsa, bas, ularga Allohdan g`azab bor. Ularga ulkan azob bor. (106)

Tafsir
Kim iymon keltirganidan keyin yana kofir boʻlsa, Allohning gʻazabiga yoʻliqadi. Faqat majbur qilingan, tili bilangina kufr kalimasini aytib, qalbi esa iymon bilan orom olib turgan kimsa bundan mustasno. Lekin kimlar qalbini kufrga ochib bersalar, bajonidil uni qabul qilsalar, murtad boʻlsalar, ularning ustiga Alloh tarafidan bir gʻazab yogʻilur va ular uchun ulkan azob bordir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin