Sura An-Nahl (Asalarilar — النحل) (Oyat 108)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




16 An-Nahl(النحل), Oyat 108

أُولَٰئِكَ الَّذِينَ طَبَعَ اللَّهُ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ وَسَمْعِهِمْ وَأَبْصَارِهِمْ ۖ وَأُولَٰئِكَ هُمُ الْغَافِلُونَ 108 ١٠٨

Ana o`shalarning qalblari, quloqlari va ko`zlariga Alloh muhr bosgandir. Ana o`shalar g`ofillardir. (108)

Tafsir
Oldin moʻmin boʻlib, keyin dindan qaytgan, murtad boʻlgan kimsalar haqiqiy badbaxtlardir. Alloh ularning qalblarini muhrlab qoʻygan. Endi ularga nasihat kor qilmaydi. Alloh ularning quloqlarini ham muhrlab qoʻygan. Endi ularga foydali gaplar kirmaydi. Alloh ularning koʻzlarini ham muhrlab qoʻygan. Endi ular iymonga dalolat qiladigan oyat-alomatlarni koʻra olmaydilar. Ana oʻshalar baxt va baxtsizlik nimaligini bilmaydigan, Alloh ularga tayyorlab qoʻygan azobdan bexabar gʻofillardir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin