Sura An-Nahl (Asalarilar — النحل) (Oyat 110)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




16 An-Nahl(النحل), Oyat 110

ثُمَّ إِنَّ رَبَّكَ لِلَّذِينَ هَاجَرُوا مِنْ بَعْدِ مَا فُتِنُوا ثُمَّ جَاهَدُوا وَصَبَرُوا إِنَّ رَبَّكَ مِنْ بَعْدِهَا لَغَفُورٌ رَحِيمٌ 110 ١١٠

So`ngra, albatta, Robbing fitnaga uchraganlaridan keyin hijrat etib, jihod qilgan va sabr etganlari uchun, albatta, Robbing shulardan keyin mag`firatli va rahimlidir. (110)

Tafsir
Ey Paygʻambar, moʻminlar mushriklar tarafidan azobu uqubatlarga yoʻliqdilar. Shu qadar qattiq sinovlarga duch keldilarki, hatto majbur boʻlganlari tufayli dillari toʻla iymon boʻlsa-da, tillarida kufr kalimasini aytishgacha bordilar. Shundan keyin Makkadan Madinaga hijrat qildilar. Keyin esa Alloh kalimasini oliy qilish uchun Alloh yoʻlida jihod qildilar. Jihod mashaqqatlariga sabr qildilar. Mana shu fitnalar va azobu uqubatlarlardan keyin Parvardigoringiz, albatta, ularni Kechirguvchidir va ularga Mehribondir. Chunki ular kufr kalimasini faqat majbur boʻlganlari tufayligina aytganlar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin