Sura Nahl (Asalarilar — النحل) (Oyat 113)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




16 Nahl(النحل), Oyat 113

وَلَقَدْ جَاءَهُمْ رَسُولٌ مِنْهُمْ فَكَذَّبُوهُ فَأَخَذَهُمُ الْعَذَابُ وَهُمْ ظَالِمُونَ 113 ١١٣

Batahqiq, ularga o`zlaridan Payg`ambar keldi. Bas, ular uni yolg`onchiga chiqardilar. Keyin, zolim bo`lganlari uchun, ularni azob tutdi. (113)

Tafsir
Makka aholisiga rostgoʻylik va halollik bilan tanilgan bir paygʻambar - Muhammad alayhissalom keldi. Uni yolgʻonchiga chiqarib, Parvardigori tarafidan olib kelgan risolatini tan olmadilar. Shundan keyin ularga Allohning azobi - ochlik va qoʻrquv tushdi. Azob tushgan paytda ular Allohga shirk keltirib, paygʻambarini yolgʻonchiga chiqarib, oʻzlariga oʻzlari zulm qilib turgan edilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin