Sura An-Nahl (Asalarilar — النحل) (Oyat 115)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




16 An-Nahl(النحل), Oyat 115

إِنَّمَا حَرَّمَ عَلَيْكُمُ الْمَيْتَةَ وَالدَّمَ وَلَحْمَ الْخِنْزِيرِ وَمَا أُهِلَّ لِغَيْرِ اللَّهِ بِهِ ۖ فَمَنِ اضْطُرَّ غَيْرَ بَاغٍ وَلَا عَادٍ فَإِنَّ اللَّهَ غَفُورٌ رَحِيمٌ 115 ١١٥

Sizlarga faqat o`limtikni, qonni, cho`chqa go`shtini va Allohdan o`zgaga atab so`yilgan narsalarnigina harom qildi. Kim zolim va haddan oshuvchi bo`lmagan holida majbur bo`lib qolsa, albatta, Alloh mag`firatli va rahimlidir. (115)

Tafsir
Alloh sizlarga oʻzi oʻlgan oʻlimtik, oqqan qon, toʻngʻizning hamma yogʻi va Allohdan boshqaning nomiga soʻyilgan hayvonnigina harom qildi. Bularning harom qilinishi ixtiyoriy holatlarga tegishli. Endi kim mazkur narsalardan birini yeyishga majbur boʻlib qolsa va oʻzi istamagan holida haddidan oshmasdan yesa, bas, unga gunoh boʻlmaydi. Chunki Alloh kechirimlidirki, uning yeganini kechiradi va mehribondirki, zarurat tugʻilib qolgan oʻrinlarda ulardan yeyishga ruxsat beradi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin