Sura An-Nahl (Asalarilar — النحل) (Oyat 116)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




16 An-Nahl(النحل), Oyat 116

وَلَا تَقُولُوا لِمَا تَصِفُ أَلْسِنَتُكُمُ الْكَذِبَ هَٰذَا حَلَالٌ وَهَٰذَا حَرَامٌ لِتَفْتَرُوا عَلَى اللَّهِ الْكَذِبَ ۚ إِنَّ الَّذِينَ يَفْتَرُونَ عَلَى اللَّهِ الْكَذِبَ لَا يُفْلِحُونَ 116 ١١٦

Allohga nisbatan yolg`on to`qish uchun tillaringiz vasf qilgan yolg`onni gapirib: «Bu halol, bu harom», deyavermanglar. Albatta, Allohga nisbatan yolg`on to`quvchilar najot topmaslar. (116)

Tafsir
Ey mushriklar, bu halol va bu harom, deya tillaringizga kelganini gapiravermanglar va bu bilan Alloh shaniga yolgʻon toʻqishga urinmanglar. Yani, Alloh harom qilmagan narsani harom yoki Alloh halol qilmagan narsani halol, demanglar. Alloh shaniga yolgʻon toʻqiganlar maqsadlariga yetmaydilar, najot topmaydilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin