Sura An-Nahl (Asalarilar — النحل) (Oyat 125)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




16 An-Nahl(النحل), Oyat 125

ادْعُ إِلَىٰ سَبِيلِ رَبِّكَ بِالْحِكْمَةِ وَالْمَوْعِظَةِ الْحَسَنَةِ ۖ وَجَادِلْهُمْ بِالَّتِي هِيَ أَحْسَنُ ۚ إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعْلَمُ بِمَنْ ضَلَّ عَنْ سَبِيلِهِ ۖ وَهُوَ أَعْلَمُ بِالْمُهْتَدِينَ 125 ١٢٥

Robbingning yo`liga hikmat va yaxshi mav'iza ila da'vat qil. Va ular ila go`zal uslubda mujodala et. Albatta, Robbing O`z yo`lidan adashganlarni o`ta bilguvchi va hidoyat topguvchilarni ham o`ta bilguvchidir. (125)

Tafsir
Ey Paygʻambar, Islom diniga oʻzingiz va moʻminlar odamlarning ahvoliga, tushunishiga, boʻysunishiga qarab, hikmat bilan hamda qiziqtirish va ogohlantirish uslubidagi chiroyli nasihat ila davat etinglar. Ular bilan eng goʻzal tarzda fikriy mujodala qilinglar. Odamlarni yoʻlga solish sizning vazifangiz emas. Sizning vazifangiz yetkazib qoʻyish, xolos. Albatta, Parvardigoringiz Islom dinidan adashganni ham bilguvchiroq, hidoyat topib, musulmon boʻlganlarni ham bilguvchiroq Zotdir. Shunday ekan, siz oʻzingizni qiynamang.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin