Sura Nahl (Asalarilar — النحل) (Oyat 14)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




16 Nahl(النحل), Oyat 14

وَهُوَ الَّذِي سَخَّرَ الْبَحْرَ لِتَأْكُلُوا مِنْهُ لَحْمًا طَرِيًّا وَتَسْتَخْرِجُوا مِنْهُ حِلْيَةً تَلْبَسُونَهَا وَتَرَى الْفُلْكَ مَوَاخِرَ فِيهِ وَلِتَبْتَغُوا مِنْ فَضْلِهِ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ 14 ١٤

U dengizni siz undan toza go`sht yeyishingiz, undan taqadigan taqinchoqlar chiqarib olishingiz uchun, unda (suvni) yorib ketayotgan kemalarni ko`rasan, hamda Uning fazlini talab qilishingiz uchun xizmatkor qildi. Shoyadki, shukr keltirsangiz. (14)

Tafsir
U shunday Zotki, sizlarga dengizni boʻysundirib, unda yurish va ichidagi kerakli narsalarni chiqarib olish imkonini berdi. Toki, undan yangi goʻsht - baliqni tutib yeysiz, yana undan oʻzingiz, ayollaringiz taqadigan taqinchoqlarni, duru gavharlarni chiqarib olasiz. Koʻrasizki, kema suvni yorib yuradi. U Zotning fazlidan umid qilib, savdolaringiz baroridan kelishini soʻrab, kemalarga minasizlar. Shoyadki, Allohga bergan nematlari uchun shukr qilib, yolgʻiz Ungagina bandalik qilsangizlar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin