Sura An-Nahl (Asalarilar — النحل) (Oyat 18)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




16 An-Nahl(النحل), Oyat 18

وَإِنْ تَعُدُّوا نِعْمَةَ اللَّهِ لَا تُحْصُوهَا ۗ إِنَّ اللَّهَ لَغَفُورٌ رَحِيمٌ 18 ١٨

Agar Allohning ne'matlarini sanasangizlar, sanog`iga yeta olmassizlar. Albatta, Alloh o`ta mag`firatli va rahimli Zotdir. (18)

Tafsir
Ey odamlar, Allohning sizlarga ato etgan nematlarini sanashga urina koʻrmanglar. Baribir uning sanogʻiga yeta olmaysizlar. Chunki ular son-sanoqdan koʻp va xilma-xildir. Alloh Magʻfiratli Zotdirki, shukr qilmay turgan paytingizda toʻsatdan sizni jazolamaydi. Oʻzingizga kelish olishingizga fursat beradi. Alloh Mehribondirki, gunohlaringiz va nonkoʻrligingiz tufayli sizlardan nematlarini qisib qoʻymaydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin