Sura An-Nahl (Asalarilar — النحل) (Oyat 26)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




16 An-Nahl(النحل), Oyat 26

قَدْ مَكَرَ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ فَأَتَى اللَّهُ بُنْيَانَهُمْ مِنَ الْقَوَاعِدِ فَخَرَّ عَلَيْهِمُ السَّقْفُ مِنْ فَوْقِهِمْ وَأَتَاهُمُ الْعَذَابُ مِنْ حَيْثُ لَا يَشْعُرُونَ 26 ٢٦

Batahqiq, ulardan oldingilar ham makr qilganlar. Bas, Alloh binolarini poydevoridan yiqitdi. Shift ularning ustiga qulab tushdi. Va ularga o`zlari sezmagan tomondan azob keldi. (26)

Tafsir
Oldinlari ham kofirlar paygʻambarlariga makr-hiylalar qilgandilar. Oʻshanda Alloh ularning binolarini poydevoridan qulatgandi. Shu bilan ularni tom bosib qolgandi. Ularga azob oʻzlari kutmagan tarafdan kelgandi. Ular, qurgan binolarimiz bizni asraydi, deb oʻylagandilar. Aynan oʻsha binolari ularni halok qilgandi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin