Sura An-Nahl (Asalarilar — النحل) (Oyat 27)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




16 An-Nahl(النحل), Oyat 27

ثُمَّ يَوْمَ الْقِيَامَةِ يُخْزِيهِمْ وَيَقُولُ أَيْنَ شُرَكَائِيَ الَّذِينَ كُنْتُمْ تُشَاقُّونَ فِيهِمْ ۚ قَالَ الَّذِينَ أُوتُوا الْعِلْمَ إِنَّ الْخِزْيَ الْيَوْمَ وَالسُّوءَ عَلَى الْكَافِرِينَ 27 ٢٧

So`ngra qiyomat kunida U zot ularni xor qilur va: «Sizlar ular haqida tortishib yurgan Mening «sheriklarim» qani?» der. Ilm berilganlar: «Bugungi kunda xorlik va yomonlik kofirlargadir», derlar. (27)

Tafsir
Keyin Qiyomat kuni Alloh ularni azoblab, xorlab, shunday deydi: "U dunyoda Menga butlarni sherik qilib, ular haqida paygʻambarim va moʻminlar bilan talashib-tortishgan edingiz. Qani endi oʻsha "Mening sheriklarim?"" Rabboniy olimlar dedilar: "Qiyomat kuni xorlik va azob faqat kofirlar ustiga yogʻiladi".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin