Sura An-Nahl (Asalarilar — النحل) (Oyat 28)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




16 An-Nahl(النحل), Oyat 28

الَّذِينَ تَتَوَفَّاهُمُ الْمَلَائِكَةُ ظَالِمِي أَنْفُسِهِمْ ۖ فَأَلْقَوُا السَّلَمَ مَا كُنَّا نَعْمَلُ مِنْ سُوءٍ ۚ بَلَىٰ إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ بِمَا كُنْتُمْ تَعْمَلُونَ 28 ٢٨

Farishtalar ularning jonlarini o`zlariga zulm qilgan hollarida olgandir. Ular, hech bir yomonlik qilmagan edik, deya taslim bo`lurlar. Yo`q! Albatta, Alloh nima amal qilib yurganingizni bilguvchi Zotdir. (28)

Tafsir
Allohga kufr keltirib, oʻzlariga oʻzlari zulm qilib turgan hollarida farishtalar ularning jonlarini oladilar. Shunda ular taqdirga tan berib, kufru masiyatlarini rad etadilar. Rad etsak, foydasi boʻladi, deb oʻylaydilar. Shunda ularga aytiladiki, sizlar kofir boʻlib, gunohlar qilgan edingiz, dunyoda qilib oʻtgan ishlaringizni Alloh koʻrib-bilib turgan, hech narsa U Zotdan yashirin qola olmas, endi amallaringizga yarasha jazo yoki mukofotingizni berur.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin