Sura An-Nahl (Asalarilar — النحل) (Oyat 33)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




16 An-Nahl(النحل), Oyat 33

هَلْ يَنْظُرُونَ إِلَّا أَنْ تَأْتِيَهُمُ الْمَلَائِكَةُ أَوْ يَأْتِيَ أَمْرُ رَبِّكَ ۚ كَذَٰلِكَ فَعَلَ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ ۚ وَمَا ظَلَمَهُمُ اللَّهُ وَلَٰكِنْ كَانُوا أَنْفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ 33 ٣٣

Ular o`zlariga (o`lim) farishtalari yoki Robbingning (azob) amri kelishiga intizor bo`lib turibdilarmi? Ulardan oldingilar ham shunday qilgan edilar. Alloh ularga zulm qilmadi. Lekin ular o`zlariga zulm qilgan edilar. (33)

Tafsir
Anavi haqni tan olmaydigan mushriklar oʻlim farishtalari kelib, yuzlariga va orqalariga urib, jonlarini olishidan yoki Parvardigoringizning ularni tag-tugi bilan quritib yuborish haqidagi farmoni kelishidan boshqa narsani kutmayaptilar. Oldingi mushriklar ham xuddi mana shu Makka mushriklari qilgan ishni qilgandilar. Alloh ularni halok qilgan paytda ularga zulm qilmagandi. Lekin ular Allohga kufr keltirish kabi halokatga olib boradigan ishlarni qilib, oʻzlariga oʻzlari zulm qilgandilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin