Sura An-Nahl (Asalarilar — النحل) (Oyat 41)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




16 An-Nahl(النحل), Oyat 41

وَالَّذِينَ هَاجَرُوا فِي اللَّهِ مِنْ بَعْدِ مَا ظُلِمُوا لَنُبَوِّئَنَّهُمْ فِي الدُّنْيَا حَسَنَةً ۖ وَلَأَجْرُ الْآخِرَةِ أَكْبَرُ ۚ لَوْ كَانُوا يَعْلَمُونَ 41 ٤١

Zulmga duchor bo`lganlaridan so`ng Allohning yo`lida hijrat qilganlarni bu dunyoda, albatta, go`zal(joy)ga joylashtiramiz. Va oxirat ajri kattaroqdir, agar biladigan bo`lsalar. (41)

Tafsir
Kofirlarning tazyiqi va qiynoqlariga yoʻliqqanlaridan keyin uy-joylariyu mol-davlatlarini tashlab, Allohning rizosi yoʻlida kufr diyoridan Islom diyoriga hijrat qilganlarga shu dunyoda ham yaxshi joylar ato etamiz va u joylarda aziz boʻlib yuradilar. Oxirat savobi esa buyukroqdir. Chunki uning ichida jannat ham bor. Hijrat qilmaganlar muhojirlarning savobi qanchalar boʻlishini bilganlarida edi, bu ishni chetga surmagan boʻlardilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin