Sura Nahl (Asalarilar — النحل) (Oyat 59)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




16 Nahl(النحل), Oyat 59

يَتَوَارَىٰ مِنَ الْقَوْمِ مِنْ سُوءِ مَا بُشِّرَ بِهِ ۚ أَيُمْسِكُهُ عَلَىٰ هُونٍ أَمْ يَدُسُّهُ فِي التُّرَابِ ۗ أَلَا سَاءَ مَا يَحْكُمُونَ 59 ٥٩

Unga berilgan xushxabarning yomonligidan (uyalib) qavmidan berkinur. U(qiz)ni xorlik-la olib qolsamikin yoki tuproqqa ko`msamikin? Ogoh bo`ling! Ular qilgan hukm naqadar yomon. (59)

Tafsir
Qiz tugʻilgani haqidagi xabardan nomus qilib, odamlardan yashirinib oladi. Oʻziga oʻzi, xorlikni boʻynimga olib, uni olib qolsammikin yoki tiriklayin koʻmib yuborsammikin, deydi-da, keyin koʻmib yuboradi. Mushriklarning hukmi, qarori naqadar manfur! Oʻzlari yoqtirmagan narsani Parvardigorlariga berar emishlar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin