Sura An-Nahl (Asalarilar — النحل) (Oyat 69)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




16 An-Nahl(النحل), Oyat 69

ثُمَّ كُلِي مِنْ كُلِّ الثَّمَرَاتِ فَاسْلُكِي سُبُلَ رَبِّكِ ذُلُلًا ۚ يَخْرُجُ مِنْ بُطُونِهَا شَرَابٌ مُخْتَلِفٌ أَلْوَانُهُ فِيهِ شِفَاءٌ لِلنَّاسِ ۗ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَآيَةً لِقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ 69 ٦٩

So`ngra hamma mevalardan yegin. Bas, Robbing oson qilib qo`ygan yo`llardan yurgin», deb vahiy qildi. Ularning qorinlaridan turli rangdagi sharob chiqar. Unda odamlar uchun shifo bordir. Albatta, bunda tafakkur qiluvchilar uchun oyat — belgi bordir. (69)

Tafsir
"Keyin oʻzing istagan mevalardan yegin va Parvardigoring qulay qilib qoʻygan yoʻllardan yurgin". Asalarining qornidan oq, sariq va boshqa ranglardagi asallar chiqadi. Ularda odamlar uchun shifo bor. Kasallarini davolaydilar. Albatta, bu ishda fikr yuritadigan qavm uchun Allohning qudrati va hamma ishlarni boshqarib, tadbirini qilib turishiga dalolat qiluvchi oyat-alomat bor. Fikr yurita oladiganlargina ibratlanadilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin