Sura An-Nahl (Asalarilar — النحل) (Oyat 70)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




16 An-Nahl(النحل), Oyat 70

وَاللَّهُ خَلَقَكُمْ ثُمَّ يَتَوَفَّاكُمْ ۚ وَمِنْكُمْ مَنْ يُرَدُّ إِلَىٰ أَرْذَلِ الْعُمُرِ لِكَيْ لَا يَعْلَمَ بَعْدَ عِلْمٍ شَيْئًا ۚ إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ قَدِيرٌ 70 ٧٠

Alloh sizlarni yaratgandir. So`ngra, U sizlarni vafot ettiradir. Sizlardan ba'zilar bilimli bo`lgandan so`ng, hech narsa bilmasligi uchun, umrning eng zaifligiga qaytariladir. Albatta, Alloh bilguvchi va qodirdir. (70)

Tafsir
Alloh sizlarni yoʻqdan bor qildi. Ajallaringiz yetganidan keyin yana joningizni oladi. Orangizdan kimdir qarilik atalmish umrning eng yomon bosqichigacha boradi-da, oldin bilgan narsalaridan hech narsani bilmay qoladi. Alloh bandalarining qilgan ishlarini koʻrib-bilib turadigan, har ishga Qodir Zotdir. U Zot qila olmaydigan ishning oʻzi yoʻq.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin