Sura An-Nahl (Asalarilar — النحل) (Oyat 71)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




16 An-Nahl(النحل), Oyat 71

وَاللَّهُ فَضَّلَ بَعْضَكُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ فِي الرِّزْقِ ۚ فَمَا الَّذِينَ فُضِّلُوا بِرَادِّي رِزْقِهِمْ عَلَىٰ مَا مَلَكَتْ أَيْمَانُهُمْ فَهُمْ فِيهِ سَوَاءٌ ۚ أَفَبِنِعْمَةِ اللَّهِ يَجْحَدُونَ 71 ٧١

Alloh rizqda ba'zingizni ba'zingizdan afzal qildi. Bas, afzal qilinganlar o`z rizqlarini qo`llarida mulk bo`lganlarga, hamma teng bo`lsin deb, beruvchi emaslar-ku. Allohning ne'matini inkor qiladilarmi?! (71)

Tafsir
Alloh Oʻzi ato etgan rizq borasida ayrimlaringizni ayrimlaringizdan ustun qilib, sizlarni boy-kambagʻalga, xoja-qulga ajratdi. Alloh ustun qilgan boy, xojalar mulkini qullariga qaytarib, hammalari barobar boʻlib olmaydilar-ku. Shunday ekan, qanday qilib Allohning bandalar orasida sheriklari boʻlishiga koʻnadilar. Oʻzlari qullarini sherik qilishni istamaydilar-ku. Bu naqadar katta zulm! Allohning nematlariga bundan ortiq nonkoʻrlik boʻlishi mumkinmi?!

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin