Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Alloh hech narsaga qodir bo`lmaydigan mamluk — qul bilan Biz uni yaxshi rizq ila rizqlantirgan va o`shandan maxfiy va oshkora infoq qiladigan kimsani misol keltiradi. Ular teng bo`lurlarmi? Hamdu sano Allohgadir. Lekin ko`plari bilmaslar. (75)
Tafsir
Alloh mushriklarga raddiya bildirib, bir misol zarb etdi. Hech ish qoʻlidan kelmaydigan, hech qanday mulki ham yoʻq, oʻzi boshqaga mulk boʻlgan bir mamluk qul va Biz unga halol mol-davlat bergan, ularni istaganicha ishlatadigan, ulardan yashirin va oshkora sarflaydigan bir hur. Bu ikki kishi hech qachon teng boʻlmaydi. Shunday ekan, qanday qilib Oʻz mulkini istaganicha tasarruf qiladigan Molik Allohni hech ish qoʻlidan kelmaydigan butlarga mengzaysizlar? Hamma maqtovlarga Allohgina loyiqdir. Lekin mushriklarning koʻplari yolgʻiz Allohgina chin mabud ekanini, yolgʻiz Ugina mabudlikka loyiq ekanini bilmaydilar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: