Sura An-Nahl (Asalarilar — النحل) (Oyat 78)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




16 An-Nahl(النحل), Oyat 78

وَاللَّهُ أَخْرَجَكُمْ مِنْ بُطُونِ أُمَّهَاتِكُمْ لَا تَعْلَمُونَ شَيْئًا وَجَعَلَ لَكُمُ السَّمْعَ وَالْأَبْصَارَ وَالْأَفْئِدَةَ ۙ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ 78 ٧٨

Alloh sizni onalaringiz qornidan hech narsa bilmaydigan holingizda chiqardi. U sizga quloq, ko`zlar va dillarni berdi. Shoyadki, shukr qilsangiz. (78)

Tafsir
Ey odamlar, homilaning vaqti-soati kelganda Alloh sizlarni onalaringizning qorinlaridan chiqardi. U paytda sizlar hech narsani sezmagansizlar. Keyin sizlarga eshitishingiz uchun quloqni, koʻrishingiz uchun koʻzlarni va aql yuritishingiz uchun dillarni berdi. Shoyadki, shunda bergan nematlariga shukr qilsangizlar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin