Sura An-Nahl (Asalarilar — النحل) (Oyat 81)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




16 An-Nahl(النحل), Oyat 81

وَاللَّهُ جَعَلَ لَكُمْ مِمَّا خَلَقَ ظِلَالًا وَجَعَلَ لَكُمْ مِنَ الْجِبَالِ أَكْنَانًا وَجَعَلَ لَكُمْ سَرَابِيلَ تَقِيكُمُ الْحَرَّ وَسَرَابِيلَ تَقِيكُمْ بَأْسَكُمْ ۚ كَذَٰلِكَ يُتِمُّ نِعْمَتَهُ عَلَيْكُمْ لَعَلَّكُمْ تُسْلِمُونَ 81 ٨١

Alloh sizga O`zi yaratgan narsalardan soyalar qilib qo`ydi va sizga tog`lardan boshpanalar, sizlarni issiqdan saqlaydigan kiyimlar va zarbadan saqlaydigan kiyimlar qilib qo`ydi. Shunday qilib, U sizlarga O`z ne'matini batamom qilib berdi. Shoyadki, musulmon bo`lsangiz. (81)

Tafsir
Alloh sizlarga daraxtlardan, binolardan soyalar qilib berdiki, ularning soyasida issiqdan saqlanasizlar. Togʻlardagi gʻorlardan, ungurlardan boshpanalar qilib berdiki, u yerlarda sovuqdan, issiqdan va dushmandan himoyalanasizlar. Sizlarga paxta va boshqa narsalardan sizlarni issiqdan asraydigan kiyimlar, janglardagi zarbalardan mudofaa qiladigan sovutlar qilib berdi. U Zot sizlarga Oʻz nematini mana shunday toʻla qilib beradi. Shoyadki, yolgʻiz Allohga boʻysunib, U Zotga hech narsani sherik qilmasangizlar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin