Sura An-Nahl (Asalarilar — النحل) (Oyat 89)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




16 An-Nahl(النحل), Oyat 89

وَيَوْمَ نَبْعَثُ فِي كُلِّ أُمَّةٍ شَهِيدًا عَلَيْهِمْ مِنْ أَنْفُسِهِمْ ۖ وَجِئْنَا بِكَ شَهِيدًا عَلَىٰ هَٰؤُلَاءِ ۚ وَنَزَّلْنَا عَلَيْكَ الْكِتَابَ تِبْيَانًا لِكُلِّ شَيْءٍ وَهُدًى وَرَحْمَةً وَبُشْرَىٰ لِلْمُسْلِمِينَ 89 ٨٩

Har bir ummatga o`zidan guvoh olib kelgan kunimizda seni anavilarga (ummatingga) guvoh qilib keltiramiz. Senga Kitobni har bir narsani bayon qiluvchi etib, musulmonlarga hidoyat, rahmat va xushxabar qilib nozil etdik. (89)

Tafsir
Ey Paygʻambar, eslang! Qiyomat kuni har bir ummatga qilib oʻtgan kufr yoki iymonlariga guvohlik beradigan bir guvoh keltiramiz. U oʻzlaridan boʻlgan, oʻzlarining tilida gapiradigan bir paygʻambar boʻladi. Ey Paygʻambar, sizni esa hamma ummatlarga guvoh qilamiz. Sizga Quronni halol-harom, savob-gunoh kabi barcha zarur narsalarning, ishlarning bayoni etib, odamlarni haq sari boshlaydigan hidoyat etib, iymon keltirib, yaxshi amallar qilganlar uchun rahmat etib, moʻminlarga oxiratdagi nematlar haqidagi xushxabar etib nozil qildik.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin