Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Albatta, Alloh adolatga, ehsonga, qarindoshlarga yaxshilik qilishga amr etadir va fahshu munkar (ishlardan) hamda zulmkorlikdan qaytarur. U sizlarga va'z qilur. Shoyadki, eslasangiz. (90)
Tafsir
Alloh bandalarini adolatga buyuradi. Banda oʻzining ustidagi Allohning haqlarini ham, bandalarning haqlarini ham ado etsin. Hukm chiqarishda birovni birovdan nohaq afzal koʻrmasin. Alloh bandalarini ezgulikka buyuradi. Banda oʻzining vazifasi boʻlmagan infoq-ehsonni ham oliyjanoblik ila ado etsin, zolimni kechirsin. Alloh bandalarini qarindoshlarga yaxshilik qilishga buyuradi. Banda qarindoshlarining hojatini chiqarsin. Hamma manfur ishlardan, u xunuk gap boʻladimi yoki zino kabi yomon ish boʻladimi, hammasidan qaytaradi. Shariat taqiqlagan ishlar - gunohlardan ham qaytaradi. Odamlarga mutakabbirlik ila zulmu zoʻravonlik qilishdan ham qaytaradi. Alloh sizlarga shu farmonlari va taqiqlari bilan nasihat qilyapti. Shoyadki, ibrat olsangizlar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: