Sura Nahl (Asalarilar — النحل) (Oyat 97)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




16 Nahl(النحل), Oyat 97

مَنْ عَمِلَ صَالِحًا مِنْ ذَكَرٍ أَوْ أُنْثَىٰ وَهُوَ مُؤْمِنٌ فَلَنُحْيِيَنَّهُ حَيَاةً طَيِّبَةً ۖ وَلَنَجْزِيَنَّهُمْ أَجْرَهُمْ بِأَحْسَنِ مَا كَانُوا يَعْمَلُونَ 97 ٩٧

Erkagu ayol, kim mo`min holida yaxshi amal qilsa, Biz unga yaxshi hayot kechirtiramiz va, albatta, ularni qilib yurgan amallarining eng go`zaliga beriladigan ajr ila mukofotlarmiz. (97)

Tafsir
Erkak boʻlsin, ayol boʻlsin, moʻmin boʻlgani holda shariatga muvofiq yaxshi amal qilgan odamga yoqimli hayot baxsh etamiz. U Allohning qadariga rozi boʻlib, boriga qanoat qilib, sokin, xotirjam yashaydi. Toat-ibodatlari uchun unga tavfiq berilgan boʻladi. Oxiratda esa ularning savoblarini qilgan amallarining eng yaxshisiga qarab berurmiz.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin