Sura Isro (الإسراء) (Oyat 100)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




17 Isro(الإسراء), Oyat 100

قُلْ لَوْ أَنْتُمْ تَمْلِكُونَ خَزَائِنَ رَحْمَةِ رَبِّي إِذًا لَأَمْسَكْتُمْ خَشْيَةَ الْإِنْفَاقِ ۚ وَكَانَ الْإِنْسَانُ قَتُورًا 100 ١٠٠

Sen: «Agar sizlar Robbim rahmati xazinalariga ega bo`lsangiz ham, uni sarflashdan qo`rqib, mumsiklik qilgan bo`lar edingiz. Inson zoti, o`zi, baxil bo`lur», deb ayt. (100)

Tafsir
Ey Paygʻambar, anavi mushriklarga ayting: "Sizlar Parvardigorim rahmatining bitmas-tuganmas xazinalariga egalik qilganlaringizda ham uni ishlatib, tugatib qoʻyishdan, natijada kamabagʻal boʻlib qolishdan qoʻrqib, baribir xasislik qilavergan boʻlar edingizlar. Inson zoti tabiatan baxildir. Faqat moʻmin bundan mustasno. U Allohning savobini umid qilib sarflayveradi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin