Sura Al-Isra (Isro — الإسراء) (Oyat 110)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




17 Al-Isra(الإسراء), Oyat 110

قُلِ ادْعُوا اللَّهَ أَوِ ادْعُوا الرَّحْمَٰنَ ۖ أَيًّا مَا تَدْعُوا فَلَهُ الْأَسْمَاءُ الْحُسْنَىٰ ۚ وَلَا تَجْهَرْ بِصَلَاتِكَ وَلَا تُخَافِتْ بِهَا وَابْتَغِ بَيْنَ ذَٰلِكَ سَبِيلًا 110 ١١٠

Sen: «Allohga duo qilinglar, Rohmanga duo qilinglar, qaysisiga duo qilsangiz ham, bari bir. Go`zal ismlar Unikidir», deb ayt. Namozingni juda baland ovoz ila o`qima, uni juda maxfiy ham o`qima, buning orasida bir yo`l tut. (110)

Tafsir
Ey Paygʻambar, sizga "Yo Alloh, Yo Rahmon", deb duo qilishingizni inkor qiladiganlarga ayting: "Alloh ham, Rahmon ham Allohning nomlaridir. Qaysi birini aytib chaqirsangiz ham boʻlaveradi. U Zotning goʻzal nomlari bor. Bu ikkisi ham oʻshalardan. Allohga shu ikkisini aytib yoki boshqa nomlarini aytib duo qilish ham joiz. Namozingizda mushriklar eshitadigan darajada baland ovozda qiroat qilmang, moʻminlar eshitmay qoladigan darajada ovozingizni pastlatib ham yubormang. Shu ikkisining oʻrtasidagi bir yoʻlni tanlang".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin