Sura Isro (الإسراء) (Oyat 111)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




17 Isro(الإسراء), Oyat 111

وَقُلِ الْحَمْدُ لِلَّهِ الَّذِي لَمْ يَتَّخِذْ وَلَدًا وَلَمْ يَكُنْ لَهُ شَرِيكٌ فِي الْمُلْكِ وَلَمْ يَكُنْ لَهُ وَلِيٌّ مِنَ الذُّلِّ ۖ وَكَبِّرْهُ تَكْبِيرًا 111 ١١١

Sen: «Hamd bo`lsin, farzand tutmagan, mulkda sherigi bo`lmagan va xorlikdan qutqarguvchi do`stga zor bo`lmagan Allohga», degin. Va Uni mutlaqo ulug`la! (111)

Tafsir
Ey Paygʻambar, ayting: "Bola koʻrish, sherikchilik qilish kabi nuqsonlardan pok boʻlgan, podshohligida yakka-yagona, hech qachon birovga, birovning yordamiga, madadiga zor boʻlmaydigan Allohgina hamma maqtovlarga loyiqdir". U Zotni tinimsiz ulugʻlang. U Zotning bolasi, sherigi, madadkori boʻlishi mumkin, degan oʻyni xayolingizga ham keltirmang.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin