Sura Al-Isra (Isro — الإسراء) (Oyat 23)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




17 Al-Isra(الإسراء), Oyat 23

وَقَضَىٰ رَبُّكَ أَلَّا تَعْبُدُوا إِلَّا إِيَّاهُ وَبِالْوَالِدَيْنِ إِحْسَانًا ۚ إِمَّا يَبْلُغَنَّ عِنْدَكَ الْكِبَرَ أَحَدُهُمَا أَوْ كِلَاهُمَا فَلَا تَقُلْ لَهُمَا أُفٍّ وَلَا تَنْهَرْهُمَا وَقُلْ لَهُمَا قَوْلًا كَرِيمًا 23 ٢٣

Robbing faqat Uning O`zigagina ibodat qilishingni va ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. Agar huzuringda ularning birlari yoki ikkovlari ham keksalikka yetsalar, bas, ularga «uff» dema, ularga ozor berma va ularga yaxshi so`z ayt! (23)

Tafsir
Ey banda, Parvardigoring senga faqat U Zotgagina ibodat qilishni, Undan boshqaga bandalik qilmaslikni hamda ota-onaga, ayniqsa, qarigan paytlarida yaxshilik qilishni buyurdi. Agar ulardan biri yoki har ikkisi sening huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularni malol olib, uf tortma. Ularga qoʻpollik qilma, ozor berma. Har doim ularga eng muloyim, eng yaxshi gaplarni gapir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin