Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Robbingiz sizning dilingizdagi narsani ham o`ta bilguvchidir. Agar ahli solihlardan bo`lsangiz, albatta, U sertavbalar uchun sermag`firatdir. (25)
Tafsir
Ey odamlar, Parvardigoringiz dillaringizdagi ixlos bilan ibodat qilish boʻladimi, ezgu ishlarni qilish boʻladimi, ota-onaga yaxshilik qilish boʻladimi, hammasini juda yaxshi bilib turadi. Ibodatingizda boʻlsin, ota-onaga yaxshilik qilishingizda boʻlsin, niyatlaringiz toʻgʻri boʻlsa, bas, U tavba qilguvchilar uchun Magʻfiratli Zotdir. Toat-ibodatda yoki ota-onaga yaxshilik qilishda xatoga yoʻl qoʻygan odam tavba qilsa, uni kechiradi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: