Sura Al-Isra (Isro — الإسراء) (Oyat 33)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




17 Al-Isra(الإسراء), Oyat 33

وَلَا تَقْتُلُوا النَّفْسَ الَّتِي حَرَّمَ اللَّهُ إِلَّا بِالْحَقِّ ۗ وَمَنْ قُتِلَ مَظْلُومًا فَقَدْ جَعَلْنَا لِوَلِيِّهِ سُلْطَانًا فَلَا يُسْرِفْ فِي الْقَتْلِ ۖ إِنَّهُ كَانَ مَنْصُورًا 33 ٣٣

Alloh (o`ldirishni) harom qilgan jonni o`ldirmang. Magar haq ila bo`lsa, mayli. Kimki mazlum holida o`ldirilsa, uning valiyiga haq berganmiz. Bas, u o`ldirishda isrof qilmasin. Albatta, u nusrat berilgan odamdir. (33)

Tafsir
Alloh qonini, yani, uni oʻldirishni iymoni tufayli yoki unga omonlik berilgani tufayli harom qilgan odamni oʻldirmanglar. Murtad boʻlishi, saqlangan holida zino qilishi yoki undan qasos olinishi kabi oʻzi oʻlimga haqli boʻlib qolgan holatlar bundan mustasno. Kim nohaq oʻldirilsa, merosxoʻrlari orasidan mayyitning ishiga masul odamga hokimiyat beriladi. U qasos uchun qotilni oʻldirishi ham, hech bir toʻlovsiz kechirib yuborishi ham, xunini olish evaziga kechirib yuborishi ham mumkin. U qotilnining quloq-burnini kesish yoki u oʻldirgan tarzdan boshqacha tarzda oʻldirish yo qotildan boshqasini oʻldirish kabi ishlarni qilib, Alloh buyurgan haddan oshmasin. Chunki u oʻzicha gʻolib boʻlayotgani yoʻq. Unga gʻoliblik berilyapti. U qoʻllab-quvvatlab turilibdi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin