Sura Isro (الإسراء) (Oyat 34)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




17 Isro(الإسراء), Oyat 34

وَلَا تَقْرَبُوا مَالَ الْيَتِيمِ إِلَّا بِالَّتِي هِيَ أَحْسَنُ حَتَّىٰ يَبْلُغَ أَشُدَّهُ ۚ وَأَوْفُوا بِالْعَهْدِ ۖ إِنَّ الْعَهْدَ كَانَ مَسْئُولًا 34 ٣٤

Yetimning moliga, toki u balog`at yoshiga yetguncha, yaqinlashmanglar. Magar yaxshilik ila bo`lsa, mayli. Ahdga vafo qilinglar. Albatta, ahd mas'ul bo`lgan ishdir. (34)

Tafsir
Mayyitdan qolgan goʻdaklarning molini to ular balogʻatga yetgunlariga qadar faqat ularning yaxshi unib-oʻsishi uchun zarur boʻlgan joylargagina sarflanglar. Allohga va U Zotning bandalariga bergan ahdingizga vafo qilinglar. Qiyomat kuni Alloh kimdan ahd olgan boʻlsa, undan vafo qilgan-qilmaganini soʻraydi. Vafo qilgan boʻlsa, mukofotini, qilmagan boʻlsa, jazosini beradi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin