Sura Al-Isra (Isro — الإسراء) (Oyat 37)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




17 Al-Isra(الإسراء), Oyat 37

وَلَا تَمْشِ فِي الْأَرْضِ مَرَحًا ۖ إِنَّكَ لَنْ تَخْرِقَ الْأَرْضَ وَلَنْ تَبْلُغَ الْجِبَالَ طُولًا 37 ٣٧

Yer yuzida kibru havo ila yurma! Albatta, sen zinhor yerni teshib yubora olmaysan va zinhor bo`yda tog`larga yeta olmaysan! (37)

Tafsir
Yer yuzida kerilib, mutakabbirlik bilan yurma. Har qancha katta ketmagin, yerni teshib yubora olmaysan. Har qancha boʻyningni choʻzmagin, togʻlar bilan boʻylasha olmaysan. Shunday ekan, nimangga katta ketasan?!

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin