Sura Al-Isra (Isro — الإسراء) (Oyat 44)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




17 Al-Isra(الإسراء), Oyat 44

تُسَبِّحُ لَهُ السَّمَاوَاتُ السَّبْعُ وَالْأَرْضُ وَمَنْ فِيهِنَّ ۚ وَإِنْ مِنْ شَيْءٍ إِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ وَلَٰكِنْ لَا تَفْقَهُونَ تَسْبِيحَهُمْ ۗ إِنَّهُ كَانَ حَلِيمًا غَفُورًا 44 ٤٤

Unga yetti osmonu yer va ulardagi kimsalar tasbih aytur. Uning hamdi ila tasbih aytmagan hech bir narsa yo`q. Lekin ularning tasbihini anglamaysizlar. Albatta, u haliym va sermag`firat Zotdir. (44)

Tafsir
Allohga osmonlar ham, zamin ham, ulardagi mavjudotlar ham tasbeh aytadi. Allohga hamd, tasbeh aytmaydigan biron mavjudot yoʻq. Lekin ularning qanday tasbeh aytishlarini sizlar anglay olmaysizlar. Sizlar faqat til bilan aytilgan tasbehnigina tushunasizlar. Alloh Halim Zotdirki, tez jazolab yubormaydi. U tavba qilgan bandasi uchun Magʻfiratli Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin