Sura Isro (الإسراء) (Oyat 51)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




17 Isro(الإسراء), Oyat 51

أَوْ خَلْقًا مِمَّا يَكْبُرُ فِي صُدُورِكُمْ ۚ فَسَيَقُولُونَ مَنْ يُعِيدُنَا ۖ قُلِ الَّذِي فَطَرَكُمْ أَوَّلَ مَرَّةٍ ۚ فَسَيُنْغِضُونَ إِلَيْكَ رُءُوسَهُمْ وَيَقُولُونَ مَتَىٰ هُوَ ۖ قُلْ عَسَىٰ أَنْ يَكُونَ قَرِيبًا 51 ٥١

Yoki ko`ngillaringizda katta ko`ringan boshqa biron maxluq (bo`lib olinglar)», deb ayt. Bas, ular: «Bizni kim qayta tiriltirur», derlar. Sen:«Sizlarni birinchi marta yo`qdan bor qilgan Zot», degin. Ular senga boshlarini qimirlaturlar va: «U qachon bo`lur?» derlar, Sen:«Shoyad yaqinda bo`lsa», degin. (51)

Tafsir
"Yoki hatto tasavvuringizga ham sigʻmaydigan bir ulkan maxluq boʻlib olinglar. Oʻshanda ham Alloh sizlarni qayta tiriltiradi". Sarkashlar yana soʻraydilar: "Oʻlganimizdan keyin bizni kim tiriltiradi?" Ayting: "Ilk bor sizlarni yoʻqdan bor qilgan Zot". Shunda boshlarini masxaraomuz sarak-sarak qilib, deydilar: "Bu ish qachon sodir boʻladi?" Ularga ayting: "Zora, yaqinda boʻlib qolsa. Har bir boʻladigan ish yaqinda boʻladi".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin