Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Robbingiz sizlarni yaxshi bilguvchi Zotdir. Xohlasa, sizga rahim qilar, xohlasa sizni azoblar. Va Biz seni ular ustidan qo`riqchi qilib yuborganimiz yo`q. (54)
Tafsir
Ey odamlar, sizlarni Parvardigoringiz juda yaxshi biladi. Hech bir ishingiz U Zotdan yashirin boʻla olmaydi. Xohlasa, sizlarga rahm qilib, iymon keltirish va solih amal qilishga tavfiq beradi. Xohlasa, kofir holingizda joningizni olib, sizlarni iymondan mosuvo aylab, azobiga giriftor qiladi. Ey Paygʻambar, sizni ularga (ishlarini tekshiruvchi) vakil qilib yubormadikki, ularni iymon keltirishga majbur qilsangiz, kufrdan qaytarsangiz, ammallarini hisoblab borsangiz. Siz bor-yoʻgʻi bir yetkazib qoʻyuvchisiz. Alloh nima yetkazishni buyurgan boʻlsa, oʻshani yetkazib qoʻyasiz, xolos.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: