Sura Al-Isra (Isro — الإسراء) (Oyat 60)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




17 Al-Isra(الإسراء), Oyat 60

وَإِذْ قُلْنَا لَكَ إِنَّ رَبَّكَ أَحَاطَ بِالنَّاسِ ۚ وَمَا جَعَلْنَا الرُّؤْيَا الَّتِي أَرَيْنَاكَ إِلَّا فِتْنَةً لِلنَّاسِ وَالشَّجَرَةَ الْمَلْعُونَةَ فِي الْقُرْآنِ ۚ وَنُخَوِّفُهُمْ فَمَا يَزِيدُهُمْ إِلَّا طُغْيَانًا كَبِيرًا 60 ٦٠

Biz senga: «Albatta, Robbing odamlarni ihota qilib o`rab olgandir», deganimizni esla. Biz senga ko`rsatgan narsalarni va Qur'onda la'natlangan daraxtni faqat odamlar uchun sinov qildik, xolos. Va ularni qo`rqitamiz. Bas, bu ular uchun katta tug`yondan boshqani ziyoda qilmas. (60)

Tafsir
Ey Paygʻambar, sizga: "Parvardigoringiz odamlarni ihota qilib olgan, hamma Allohning Changalidadir, U Zotning Oʻzi sizni himoya qiladi", deganimizni eslang. Sizga nimani yetkazish buyurilgan boʻlsa, oʻshani yetkazing, tamom. Isro kechasi sizga tushingizda koʻrsatganimiz odamlar uchun bir imtihon, yani, ular ishonadilarmi, yoʻqmi, shuni aniqlash edi. Quronda aytilgan, jahannamning qarida oʻsadigan Zaqqum daraxti ham bir sinov edi. Ular shu ikki oyat-alomatga ishonmaslar, boshqalariga ham ishonmaydilar. Oyat-alomatlarni nozil qilish bilan ularni yomon oqibatdan ogohlantiramiz, xolos. Lekin ular yanada battar zalolat botqogʻiga botib boraveradilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin