Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Qachon sizni dengizda falokat tutsa, Undan o`zga iltijo qiladiganlaringiz g`oyib bo`lur. Qachonki sizga najot berib quruqlikka chiqarsa, yuz o`girasiz. Inson o`zi kufron(i ne'mat) qilguvchidir. (67)
Tafsir
Ey mushriklar, dengizda biron falokat roʻy berib, halok boʻlish xavfi tugʻilgan paytda Allohni qoʻyib, ibodat qilayotganingiz oʻsha butlar xayolingizga ham kelmadi. Faqat Allohnigina yodga olib, Undangina madad soʻradingiz. Sizlarga madad berib, quruqlikka chiqarib, xavfu xatardan qutqarganidan keyin esa yana Allohni bir deb bilishdan, U Zotgagina duo qilishdan yuz oʻgirdingiz. Yana butlaringizga qaytib oldingiz. Inson zoti oʻzi Allohning nematlariga nonkoʻrlik qiladigan maxluqdir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: