Sura Al-Isra (Isro — الإسراء) (Oyat 68)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




17 Al-Isra(الإسراء), Oyat 68

أَفَأَمِنْتُمْ أَنْ يَخْسِفَ بِكُمْ جَانِبَ الْبَرِّ أَوْ يُرْسِلَ عَلَيْكُمْ حَاصِبًا ثُمَّ لَا تَجِدُوا لَكُمْ وَكِيلًا 68 ٦٨

Sizni quruqlikning bir tomoniga yutqazib yuborishidan yoki ustingizdan toshli shamol yuborishidan, so`ngra o`zingizga qutqaruvchi topa olmay qolishingizdan xotirjammisiz?! (68)

Tafsir
Ey mushriklar, siz oʻzingizcha xotirjam boʻlib qoldingizmi? Sizlarga najot berib, quruqlikka chiqarib qoʻygan Zot shu quruqlikning oʻziga sizlarni yuttirib yubora olmaydimi? Xuddi Lut qavmiga yogʻdirganidek, ustingizga osmondan tosh yogʻdira olmaydimi? Keyin esa oʻzingizni himoya qiladigan biron madadkor va homiy topa olmasdan sarson boʻlib qolmaysizlarmi?

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin